Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: IShIDdan ozod qilingan Suriya hududlarida xavfsiz zonalarni barpo etish zarur
Turkiya Suriyada xavfsiz hududlarni tashkil etishga urinmoqda. Terrorchilardan xoli bo‘lgan hudud maydoni 5 ming kvadrat kilometrni tashkil etishi mumkin. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bahraynda qilgan chiqishida shunday bayonot berdi.
"Hozirda bizning Al Bobni IShIDdan ozod qilish bo‘yicha amaliyotlarimiz poyoniga yetmoqda. Natijada biz koalitsiya bilan hamkorlikda Raqqa va Manbijni ozod qilish bo‘yicha choralar ko‘ramiz", - degan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘anning uqdirishicha, Anqara ma'muriyati "bundan avval ham ushbu hududlarda parvoz taqiqlangan zonalarni tashkil etish zarurligini ta'kidlagan".
Turkiya rahbarining fikricha, Ostona muzokaralari Suriya inqiroziga tinch yo‘l bilan barham berishda muhim bosqich bo‘lgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Damashq namoyishchilarga qarshi kuch ishlata boshlagach, Anqara Asad bilan munosabatlarga barham bergan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025