Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyalik pabga shaxsiy tankida keldi
Irlandiyalik muhandis orolning eng ekssentrik kishisi nomiga da'vogarlik qilmoqda. TASS agentligi shu haqida xabar berdi.
Donegol grafligidagi Rafo qishlog‘ida yashovchi 36 yoshli Sheyn Allen har juma kuni mahalliy pabga hisobdan chiqarilgan "Scorpio" tankida boradi. U tankni bir necha yil ilgari Shimoliy Irlandiyadagi armiya mol-mulki sotilganda qo‘lga kiritgan.

Safar 15 daqiqadan ko‘p vaqtni olmaydi.
Allenning ishontirishicha, sakkiz tonnali mashina mintaqa transportchilariga tashvish orttirmaydi. Tank asfaltda iz qoldirmaydi, buning ustiga u yo‘lga chiqishdan avval sinchkov tekshiruvdan o‘tadi.
Bunday odat irlandiyalikka arzonga tushmadi - bakni to‘ldirish uchungina kamida 450 yevro kerak bo‘ladi.


Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
10:32 / 04.04.2025
AQSh: Rossiya Ukrainadagi urushda 4000 dan ortiq tankni yo‘qotdi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
11:08 / 06.03.2025