«O‘zbekneftegaz» rebrendingi: UzGazOil o‘zgarmoqda
O‘zbekistonda UzGazOil avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qayta nomlash ishlari boshlandi. Endilikda ular rasman "O‘zbekneftegaz" deb nomlanadi va milliy xolding kompaniyasining firma timsoliga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yili UzGazOil kompaniyasining yuz foiz aksiyasi "O‘zbekneftegaz" MXK hisobiga o‘tkazilgandi. 5 yillar avval, "O‘zbekneftegaz" mamlakat bo‘ylab yagona AYoQShlar tarmog‘ini barpo etish rejasini ma'lum qilgandi.
Bugungi kunga kelib, Toshkent shahridagi ko‘plab AYoQShlar o‘zgarishga uchragan.
Ma'lumki, O‘zbekistonda yaqin orada Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasining AYoQSh tarmoqlari ham paydo bo‘lishi kutilmoqda. Rossiya kompaniyasi shunday rejalari xususida ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024
O‘zbekistonda YouTube’ga kirish sekinlashgani aytilgan xabarlar rad etildi
23:00 / 13.06.2024