Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga suiqasd surati yil surati deb topildi
World Press Photo (WRR) xalqaro tanlovining hakamlar hay'ati fotomukofotning 60-sovrindorlari nomini e'lon qilishdi. Bosh mukofot Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning qotili Mavlut Oltintoshni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan Associated Press fotomuxbiri Burxon O‘zbilijiga nasib etdi.
O‘zbilijining bu surati «Turkiyadagi suiqasd» deb nomlangan. Ushbu surat, shuningdek, «eng yaxshi yangiliklar fotosi» nominatsiyasida ham g‘olib bo‘lgan.
Surat 2016 yilning 19 dekabrida zamonaviy san'at markazida, «Rossiya sayyohlar ko‘z o‘ngida» ko‘rgazmasining ochilishida olingan. O‘shanda sobiq politsiyachi Mavlut Mert Oltintosh 62 yoshli diplomatga qarata o‘q uzgandi.
Dekabr oyida surat muallifi deyarli tasodifan ko‘rgazmaga kirgani haqida so‘zlab bergandi. U Rossiya-Turkiya munosabatlariga oid materiallarda yangi suratlar kerak bo‘lib qolishini o‘ylab, yo‘l-yo‘lakay ko‘rgazmaga kirgan. Ko‘z o‘ngida bir insonning hayotiga nuqta qo‘yilishi uni ham shokka tushirgan, biroq u professional burchi tufayli suratga olishdan to‘xtamagan.
«Bu juda xavfli edi, qotil o‘q uzib bo‘lishi bilan suratga olingan. Mendan sovuq ter chiqib ketdi. Ammo, shu bilan birga, bu tarixiy lahzalar ekanini, uni suratga joylash muhimligini tushunib turardim», — deb hikoya qilgan tanlov g‘olibi.
Uning aytishicha, 30 yilga yaqin vaqtdan beri suratkashlik bilan shug‘ullanar ekan, jurnalistikani yanada yuqori saviyaga ko‘tarish uchun muhim ishni bajarayotganiga shubha qilmagan.
Umuman, tanlovda 125 mamlakatdagi 5 mingga yaqin professional fotosuratchilar olgan 80 mingdan ortiq surat qatnashgan.
Mavzuga oid
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
14:15
«PostRossiya davlatlari forumi» RFda terroristik deb tan olindi
09:59