Jamiyat | 18:35 / 14.02.2017
8427
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik olimlar 117 yangi ekzosayyora topishga muvaffaq bo‘lishdi

Foto: Nasa

Kaliforniya universiteti (Santa-Kruz) olimlari avval fanga ma'lum bo‘lmagan taxminan 117 yangi ekzosayyorani topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida ularning The Astronomical Journal jurnalida chop etilgan hisobotida ma'lum qilindi. 

Unda so‘nggi 20 yil davomida Havayidagi (AQSh) Keka rasadxonasida HIRES teleskopi orqali olingan ma'lumotlar tahlil qilingan. U sayyoralarning o‘z yulduzlari atrofida aylanishlari natijasida yuzaga kelgan gravitatsion o‘zgarishlarni qayd etishga qodir. Teleskop orqali qabul qilingan kosmik signallarni o‘rgangan va taqqoslagan amerikalik tadqiqotchilar deyarli 60 ehtimoliy yangi ekzosayyorani topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular tomonidan muayyan darajadagi ishonch bilan yana 50 ta shunday kosmik jismlarning mavjudligi aniqlandi, lekin bu ma'lumotlar qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qiladi. 

Kaliforniya universiteti olimlari bu kashfiyotdan keyin ularning boshqa mamlakatlardagi hamkasblari hisobotda taqdim etilgan ma'lumotlarni tekshirishga kirishishlari va hozircha faqat nazariy jihatdan aniqlangan kosmik jismlarning haqiqatda mavjudligini isbotlashda yordam berishlariga umid qilishmoqda. 

Bugungi kunga qadar 3563 ekzosayyoraning mavjudligi  tasdiqlangan. Ularning uchdan ikki qismi NASA'ning  "Kepler" teleskopi yordamida aniqlangan. 

Mavzuga oid