Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashq yaqinida jangarilar taslim bo‘lishi uchun maxsus punktlar tashkil etiladi
Suriya hukumati tomonidan e'lon qilingan avfning umumiy doirasida Damashq yaqinidagi Sharqiy G‘uta tumanida jangarilarning taslim bo‘lishlari uchun maxsus punktlar ochilmoqda. Bu yerda bir necha yillar mobaynida ayovsiz janglar bo‘lgan, deya jurnalistlarga ma'lum qilgan Rossiyaning Suriyadagi mojaroli tomonlarni yarashtirish markazi ofitseri Aleksandr Blinkov.
"Hozirda biz jangarilarning gumanitar yo‘laklardan chiqishiga doir muzokaralar olib boryapmiz. Jangarilar o‘zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solishni xohlayotganiga oid xabarlar bor. Bundan tashqari, Suriya Arab Respublikasi prezidenti Bashar Asad amnistiya qarori muddatini 2017 yil 30 iyuniga qadar uzaytirdi", - degan Blinkov.
Sharqiy G‘uta – Damashq shahri atrofidagi hududlar hisoblanadi. U Suriya poytaxtini sharq, janub va g‘arbdan qurshab oluvchi G‘uta vohasining bir qismidir. Fuqarolik urushiga qadar bu yerda 2,2 mlnga yaqin kishi istiqomat qilgan.
2011 yili hududni Suriya muxolifatining bir necha qurollangan guruhlari egallab olgan edi. Damashqqa yaqinligi sababli Suriya inqirozi davomida bu yerda og‘ir harbiy texnikalardan foydalanilgan holda ayovsiz janglar davom etdi.
2015 yil kuzida hukumat qo‘shinlari Damashqning sharqiy tumanlariga hujum qilishni boshladi va bir yildan ortiq davom etgan janglar 2016 yil oxirida poyoniga yetdi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025