Jamiyat | 19:39 / 14.02.2017
16074
3 daqiqa o‘qiladi

Nabiralar marhum bobolarining suratlarini Google xaritasida topdilar

Tayvanlik qiz Tszya Tszya Uning bobosi 8 fevralda 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Boboning xotirasiga Tszya Tszya va uning singlisi fotoalbom qilishmoqchi bo‘lishdi, biroq ularda bobolarining suratlari uncha ham ko‘p emasligini anglashdi. Shunda qizlar bobolarini Google Street View xaritalaridan qidirib topishga qaror qilishdi va o‘zlariga qadrdon bobolarini xaritalarda topishganda ko‘zlarini yoshdan tiya olmadilar, deb xabar bermoqda Buzzfeed saytiga iqtibos keltirgan holda nur.kz nashri.

"Men bobomni ko‘rganimda yig‘idan to‘xtay olmadim. Men u bilan bir necha kungina avval gaplashib yurganimni va hozirda barchasi haqiqat emasdek tuyulishini o‘ylashdan to‘xtamasdim", deb aytmoqda Tszya Tszya.

Qizlar Google’da bobolari har kuni uyga  qaytadigan yo‘nalishni kiritdilar. Shunda ularga bobolarining tovuq va o‘rdaklar uchun yegulik solingan qutilarni aravadan tushirayotgani surati chiqib keldi. 

"Men ko‘z yoshlarimni tiya olmayapman", deb aytgan qiz.

Tszya Tszyaning aytishicha, unda bobosi bilan birga tushgan surati qolmagan va u turmushga chiqib, boshqa shaharga ko‘chib ketgani sababli bobosi bilan onda-sonda uchrashib turardi.

Qiz bobosi o‘z kunlarini tomorqaga qarab hamda boshpanasiz itlarni boqib o‘tkazganini esladi. Qizning aytishicha, uning bobosi skuterda uchishni yaxshi ko‘rgan.

"Mening bobom meni juda yaxshi ko‘rardi va men qizimni xuddi shunday yaxshi ko‘raman", deb aytgan qiz.

Qiz bu voqea bilan Facebook’da bo‘lishdi. Shunda ko‘pchilik foydalanuvchilar ushbu xaritalar yordamida ular ham o‘zlarining marhum ota-onalari va yaqinlarini topishganini eslashgan. Ba'zilar esa o‘z yaqinlarini topa olmaganlari va ularni sog‘inishlarini nadomat bilan aytishgan.

Mavzuga oid