Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uorren Baffetning birgina savoli Bill Geytsni Microsoft faoliyatini qayta ko‘rib chiqishga undadi
Nyu-Meksiko shtati Albukerkdagi kichik texnik kompaniya Uorren Baffetning 1990-yillar boshida Bill Geytsga bergan savoli bo‘lmaganida hech qachon Microsoft'dek dunyo gigantiga aylanmas edi. Vusiness Insider shu haqida maqola taqdim etdi.
Yanvar oyida ikki xayriyaparvar milliarder o‘z do‘stligining 25 yilligini nishonlash chog‘ida moderator Charli Rouz ulardan bir-birlaridagi eng hayratlanarli jihat haqida so‘radi. Geyts bunga savol bilan javob berdi.
"U menga bergan ilk savollardan biri quyidagicha bo‘lgan: Microsoft - kichik kompaniya, IBM esa - ulkan kompaniya, shunday ekan, nima uchun sen uni yanada yaxshi qila olmaysan? Nima uchun dasturiy ta'minotni yanada takomillashtirmaysan?", - dedi Geyts Kolumbiya universitetida.
Bu 1990-yillarning boshi, ya'ni Microsoft sayyoramizdagi eng yirik kompaniya sifatida tan olinishidan bir necha yil avval bo‘lgan.
O‘sha yillarda Geyts va uning asoschilaridan biri Pol Allen o‘z vaqtining aksariyat qismini dasturiy ta'minotni yanada yaxshilash haqida o‘ylab o‘tkazgan. Hech kim bozordagi raqobatdan ustunlik qilish haqida o‘ylamagan.
1990-yillarning katta qismida Microsoft uy kompyuterlarida oddiy interfeyslar, Windows operatsion tizimini qo‘llash hisobiga raqiblaridan ustunlik qilgan.
U va Baffet (Geytsdan 25 yoshga katta ishbilarmon) yuqori texnologiyalar sanoatini moliyalashtirish yo‘llari haqida suhbatlasha boshlashdi.
"Men bank ishini tushunmayman - nima uchun ba'zilar oldinga qarab intiladi, ba'zilar esa yo‘q", - dedi Geyts. "Men boy tajribaga ega, haqiqatda bilishni istagan narsalarimni tushunishga yordam bergan, kutilmagan vaziyatlarda birgalikda kulishim mumkin bo‘lgan insonni topdim".
Hatto bugun ham Geyts uning Baffet bilan munosabatlari qiziqish ustiga qurilganini aytadi.
"U bosiqligi va hazilkashligi bilan boshqalardan ajralib turadi", - dedi Geyts. "U o‘zi qilayotgan ishidan huzurlanadi va uni boshqalar bilan baham ko‘radi".
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
16:30 / 04.05.2025
Milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway bosh direktorligidan ketadi
18:39 / 16.04.2025