Jahon | 01:19 / 15.02.2017
5126
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati Trampning tashrifiga qarshi petitsiyani rad etdi

Foto: AFP 2017/ Robyn Beck

Britaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning rasmiy tashrif doirasida mamlakatga kirishini taqiqlash haqidagi petitsiyani qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda 14 fevralda The Telegraph nashri xabar berdi.

"Qirolicha hukumati iltimosnomani qo‘llab-quvvatlagan insonlarning kuchli e'tiqodini alohida e'tirof etadi, biroq petitsiyani rad etadi", – deya qayd etildi hukumat bayonotida.

Shuningdek, Britaniya hukumati Trampning tashrifi AQSh va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi aloqalar uchun katta ahamiyat kasb etishini ham aytib o‘tdi.

"Biz Tramp bilan shartlar va kelishuvlarga erishish maqsadida o‘tadigan uchrashuvimizni sabrsizlik ila kutmoqdamiz", – deyiladi bayonotda.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid