Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki nafar kanadalik divanda McDonaldʼs restoraniga kelgani uchun hibsga olindi
Kanadaning Nyu-Bransuik shahrida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro xurmacha qiliqlari uchun hibsga olindi. Ular McDonaldʼs restoraniga kvadrosikl sudragan divanda borganliklari uchun politsiya e'tiborini tortgan, deb xabar qiladi CTV News.
«Politsiya ofitseri avtomobilidagi chiroqlarni yoqqanida kvadrosikl juftakni roslagan, — degan huquq-tartibot idorasi vakili. — Divan esa kvadrosiklga bog‘langan bo‘lgan, yo‘lovchilar McDonaldʼs yonida qolishgan. Ular mast bo‘lishgan».
Keyinroq, kvadrosikl aniqlanib, musodara qilingan. Biroq, haydovchini topishning iloji bo‘lganicha yo‘q. Ikki nafar ushlangan shaxsga ayblov e'lon qilinishi aytilmoqda. Ammo, ular nimada ayblanishi noma'lum.

Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025