Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: O‘murbek Tekebayev Kiprda Kurmanbek Bakiyev bilan uchrashdi
Qirg‘iziston parlamentidagi muxolifat partiya bo‘lmish «Ata Meken» partiyasi yetakchisi O‘murbek Tekebayev Qirg‘izstonning sobiq prezidenti, ayni vaqtda qochqin maqomidagi Kurmanbek Bakiyev bilan Kiprda uchrashgan. Bu haqda Turkiyadagi Haberler nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘murbek Tekebayev Qirg‘izistondagi navbatdagi prezidentlik saylovlaridan oldin mamlakatda yana bir bor tartibsizlik yuzaga keltirmoqchi. Turkiyadagi nashrlar ma'lumotlariga ko‘ra, sotsialistlar yetakchisi aynan shu maqsadda Bakiyevdan yordam so‘ragan.
Bundan oldinroq Tekebayev mamlakat prezidenti Almazbek Atambayevning Kiprdagi ofshorlarda mulki borligi haqida ma'lumotga egaligini aytdi. U shu borada qo‘shimcha dalillar yig‘ish uchun Kiprga yo‘l olgani aytilgandi.
Mavzuga oid
19:01 / 23.04.2025
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
22:37 / 02.04.2025
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
18:37 / 19.12.2024
O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
17:33 / 07.12.2024