Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga halol mahsulotlar yetkazib beradi
Rossiyada kurka yetishtirish bo‘yicha eng yirik korxona bo‘lgan "Yevrodon" kompaniyalar guruhi O‘zbekistonga halol mahsulotlar yetkazib berishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Ham sovutilgan, ham qayta ishlangan "halol" mahsuloti muzokaralar, so‘ngra esa Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarda ishlovchi eksportchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istagi haqidagi kelishuvlar predmeti bo‘ldi", deb aytdi axborot agentligi manbasi "Prodekspo-2017" ko‘rgazmasida.
Manbaning aytishicha, "Yevrodon" tarkibiga kiruvchi "Indolina" va "Utolina" kompaniyalarining yangi assortimentidan o‘rin olgan mahsulotlar yevropalik eksportchilarni ham qiziqtirib qolgan.
Taqvoli mahsulotning ishonchliligi tegishli markirovkalash bilan tasdiqlanadi. Bundan avval esa mahsulot tegishli standartga mos kelishga sertifikatlashtiriladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
22:24 / 12.05.2025