Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suzish bo‘yicha uch karra Olimpiada va 17 karra jahon chempioni Avstraliyada hibsga olindi
Suzish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining uch karra g‘olibi va 17 karra jahon chempioni Grant Xekett Avstraliyada hibsga olindi. Bu haqda mahalliy HBC telekanali xabar berdi.
Mashhur avstraliyalik suzish ustasi Kvinslend shtatida joylashgan Gold-Koste shahrida hibsga olindi. Politsiya bu holatni tasdiqladi, biroq hech qanday boshqa tafsilotlarni keltirmagan. Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, Xekett otasining politsiyaga qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng, ota-onasining uyida hibsga olindi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xekett pichoq bilan tahdid qilgan.
Xekett Olimpiya o‘yinlarida ikki bor – 2000 va 2004 yilda 1500 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan, shuningdek, Sidneydagi O‘yinlarda 4x200 metrga erkin usulda chempion bo‘lgan. Bundan tashqari, Xekett 17 karra jahon chempioni hamdir.
U faoliyatini yakunlaganidan so‘ng 9-telekanalda sport sharhlovchisi bo‘lib ishlayotgandi.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025