Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasga tornadolar seriyasi yopirildi
AQShning Texas shtatidagi Hyuston shahriga seshanba kuni birdaniga oltita tornado yopirildi, jabrlanganlar bor, deb xabar berdi “Assoshieyted Press” agentligi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, Hyustondan 113 kilometr narida kamida olti kishi noqulay ob-havodan jabrlangan. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rtta uy vayron bo‘lgan va yana bir nechtasiga jiddiy zarar yetgan. Bundan tashqari, 7 nafar inson kasalxonaga yetkazildi, ularning jarohati hayot uchun xavfli emas, deb hisoblanmoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Hyuston shahridan janubi-g‘arbda ham bir necha kuchsiz tornadolar qayd etilgan. Shuningdek, Ostin shahridan g‘arbda kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi.
Ob-havoni kuzatish xizmati shtatning ko‘plab okruglarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tornadolar haqida ogohlantirdi. Maxsus xizmatlar ba'zi okruglarda elektr quvvatini tiklash bo‘yicha ishlamoqda, Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti esa jabrlanganlarga yordam taklif qildi.
Avvalroq AQSh janubidagi Luiziana shtatidagi kuchli tornadolar oqibatida taxminan 30 kishi jarohat olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025