Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti Qatarga yetib keldi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fors ko‘rfazi bo‘yidagi davlatlarga uyushtirgan safari chog‘ida Qatar poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar beradi.
Turk davlati rahbari uchgan samolyot Xamad xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan 18:00da qo‘ngan.
Aeroportda Turkiya prezidentini Qatar energetika va sanoat vaziri Muhammad al-Sada, mamlakatning Anqaradagi elchisi Salim Muborak al-Shafi, Turkiyaning Dohadagi elchisi Ahmet Demirok va elchixonaning boshqa xodimlari kutib oldi.
Turkiya prezidentiga safar chog‘ida uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an, VS Bosh shtab rahbari, general Xulusi Akar, TIV Mavlut Chavusho‘g‘lu, Energetika va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayroq, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishiq hamda Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisi Xoqon Fidan hamrohlik qilishdi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishdir.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025