1,2 kilogramm oltinni to‘g‘ri ichagida olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Hindistonning Haydarobod shahri aeroportida mahalliy fuqaro to‘g‘ri ichagida 1,2 kilogramm oltinni olib o‘tishga harakat qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Bojxona xodimlarida Singapurdan uchib kelgan shaxsning noodatiy qadam tashlashi shubha uyg‘otgan. Tintuv jarayonida esa yo‘lovchidan 800 gramm tilla topildi – u nur diodli lampochkalar ichida berkitib qo‘yilgan bo‘lgan. Shundan so‘ng bu shaxsni rentgendan o‘tkazishga qaror qilindi. Skaner esa uning to‘g‘ri ichagida 12ta oltin yombisi borligini ko‘rsatdi.
Qo‘lga olingan shaxsda umumiy hisobda ikki kilogramm qimmatbaho metal topildi. Ularning taxminiy qiymati 87 ming dollar atrofida.
Rajiv Gandi nomidagi aeroport vakili qo‘lga olingan shaxs tilla olib o‘tish bo‘yicha tajribali jinoyatchi ekanini bildirgan. «Kamdan-kam kam odam to‘g‘ri ichagida oltin yombilarni olib o‘tishga harakat qiladi», - deya ta'kidlab o‘tgan ekspert.
Ma'lumki, Hindistonda tilla Singapur yoki Dubayga qaraganda qimmatroqqa baholanadi. Bu esa uni kontrabanda uchun yaxshi nishonga aylantiradi.
Mavzuga oid
16:50
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024