Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Kim Chen Namni besh soniyada zaharlashgan
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Che Inning o‘gay akasi Kim Chen Namni atigi besh soniyada zaharlashgan. Bu haqda New Straits Times yozmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ayollardan biri Kim Chen Namga gapirganida, ortida turgan ikkinchi ayol uni zaharlagan. Hozircha zahar marhumning organizmiga qanday qilib kirgani noma'lum.
«Hujumchilardan tashqari jinoyatga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslar ham borligiga ishonchimiz komil», - deya politsiya vakilining so‘zlarini keltirgan gazeta.
Malayziya politsiyasi 14 fevral kuni Kim Chen Namning o‘limini tasdiqladi. Uni KXDR agentlari o‘ldirgan degan taxminlar bor.
Avvalroq Malayziya politsiyasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi qotilligi bo‘yicha ikkinchi gumonlanuvchini qo‘lga olgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025