Jahon | 07:46 / 16.02.2017
3693
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya o‘z armiyasi tomonidan Halabda kimyoviy qurol qo‘llangani bo‘yicha ayblovni rad etmoqda

Suriya tashqi ishlar vazirligi Human Rights Watch huquqni himoya qilish tashkiloti tomonidan Suriya armiyasi tomonidan Halabda kimyoviy qurol qo‘llangani bo‘yicha ayblovni rad etmoqda. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Suriya hukumati Human Rights Watch tashkilotining Suriya armiyasi va uning ittifoqdoshlari tomonidan Halabni ozod qilishda zaharli moddalar qo‘llangani aytilgan ma'ruzasidagi barcha yolg‘on ayblovlarni rad etadi", deyilgan xabarda.

Vazirlikda aytilishicha, HRW ma'ruzasi "noprofessional va noilmiy hisoblanadi va faktlarni noto‘g‘ri keltirgan".

Vazirlikda Suriya bu ma'ruzani qat'iy qoralashi qo‘shimcha qilindi.

Avvalroq HRW Bashar Asadga bo‘ysunuvchi Suriya armiyasi 2016 yilda Halabda muxolifat tomondan nazorat qilinuvchi hududlarda kamida 8 marotaba kimyoviy qurol qo‘llagani haqidagi ma'ruzani chop etgandi. Ma'ruzadagi ma'lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida kamida 9 fuqaro, jumladan 4 nafar bola halok bo‘lgan va 200 ga yaqin odam jarohatlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid