Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh shtabi vakili Al Bob shahri ozod qilinganini tasdiqlamadi
Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi vakilining RIA Novostiga ma'lum qilishicha, Suriyaning Al Bob shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha Turkiya armiyasi va Suriya qurollangan muxolifat kuchlari hamkorligida o‘tkazilayotgan janglar davom etmoqda.
Bundan avvalroq, Turkiya OAV bosh shtab rahbari Xulusi Akarga asoslangan holda Al Bobnig ozod qilingani xususida xabar qilgan edi.
«Al Bobning egallanishi bo‘yicha OAVda paydo bo‘lgan xabarlarni izohlashim qiyin. Ehtimol, jurnalistlar bosh shtab boshlig‘ining so‘zlarini noto‘g‘ri tushunishgan. Bir narsani tasdiqlay olaman, hozirda, Al Bobning aksar hududi uzra nazoratni o‘rnatganmiz. Ammo, shahardagi janglar davom etmoqda. O‘tgan kunda 15 jangari yo‘q qilindi. Bizning harbiy havo kuchlarimiz terrorchilarning 20ta punktini yo‘q qildi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025