Rossiyalik Google e'tirozidan keyin o‘z domeniga huquqlardan mahrum etildi

Rossiyalik Vitaliy Popovning RBK nashriga ma'lum qilishicha, u birinchi harfi kengaytirilgan unicode-alifbosidan olingan simvoldan boshlanuvchi ɢoogle.com domeniga huquqdan mahrum etildi. Uning aytishicha, bu Google kompaniyasi talabi bilan yuz bergan. Kompaniya bu bo‘yicha o‘z shikoyatini 2017 yil boshida bildirgan.
"Google Inc. yolg‘on tarzda meni zararli dasturiy ta'minot tarqatishda, fishingda aybdor qildi. Bunga men ham, mening domenim ham zig‘ircha aloqamiz yo‘q", deb aytmoqda Popov.
Popovning aytishicha, uni domenga huquqlardan mahrum qilish hukmini National Arbitration Forum Inc. yuridik tashkiloti chiqargan. Domenga huquqlar endi kimga berilishi borasida aniqlik kiritilmagan. Google’da ushbu vaziyatga izoh berilmadi.
Google 2017 yilda Popovning xatti-harakatlari yuzasidan National Arbitration Forum’ga shikoyat qilgan. Bu kompaniya tarkibiga domenlar bo‘yicha bahslarni hal qilish bilan shug‘ullanuvchi ADR tashkiloti kiradi. Kompaniya shikoyatiga ko‘ra, rossiyalik o‘z manzilidan spam tarqatish va foydalanuvchilar haqida shaxsiy ma'lumotlarni yig‘ishda foydalangan.
Mavzuga oid

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

23:21 / 15.04.2025
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

21:35 / 11.04.2025