Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada Maybach markasining ilk krossoveri namoyish qilinadi
Mercedes-Benz kompaniyasi Maybach markasining birinchi krossoveri G 650 Landaulet‘ni namoyish qiladi. Yangi mashina premerasi Jyenevadagi xalqaro avtosalon doirasida bo‘lib o‘tadi.
Mashina cheklangan miqdorda, ya'ni 99 ta nusxada chiqariladi. Avtomobil kapoti ostidan V12 va 6.0 litr hajmli benzin dvigatel joy olgan. U 630 ot kuchigacha erisha oladi. Yo‘ltanlamas landolet turidagi kuzovga ega. Bunday kuzovda orqa yo‘lovchilar o‘rindiqlari ustida ochiladigan tom bo‘ladi.
Mashina salonida elektroprivodli, isitish tizimi, ventilyatsiya va massajyorga ega o‘rindiqlar joylashtirilgan, old yo‘lovchi o‘rindig‘i esa oyoq qo‘yish uchun taglik bilan jihozlangan. Salonda shuningdek ikkita 10 dyuymli displey, klimat-kontrol, isitish va sovitish funksiyalariga ega bo‘lgan stakan qo‘ygichlar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
13:16 / 25.03.2024
Senat raisi Jyenevada BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
21:31 / 29.02.2024
Shveytsariya shaharlari haqida 10 ta qiziqarli fakt
08:00 / 14.11.2023
Jyenevada O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi hisoboti taqdim etildi
17:58 / 01.09.2023