Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya kubogi, «Lester» 10 kishi qolgan quyi liga jamoasiga yutqazdi, «Siti» durang o‘ynadi
Angliya kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Musobaqada sensatsiyalar davom etdi.
«Lester» quyi liga vakili «Milluol»ga qarshi 40 daqiqa davomida bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan bo‘lishiga qaramay, asosiy vaqtning so‘nggi soniyalarida to‘p o‘tkazib yuborib kubokdan chiqib ketdi.
«Manchester Siti» esa chempionship yetakchilaridan biri «Haddersfild» mehmoni bo‘lib, aralash tarkibda harakat qildi va o‘yinda hisob ochilmadi. Chorak final ishtirokchisi «Etihad»dagi javob uchrashuvida aniq bo‘ladi.
Nihoyat to‘rtinchi uchrashuvga kelibgina ilk premer-liga jamoasi chorak final yo‘llanmasi qo‘lga kiritdi. «Midlsbro» o‘z uyida nufuzi bo‘yicha Angliyaning to‘rtinchi divizioni vakili «Oksford»ni qabul qilib so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.
Angliya kubogi, 1/8 final
Haddersfild – Manchester Siti 0:0 (0:0, 0:0)
Haddersfild: Koulmen, Kreyni, Xolms-Dennis, Xadson, Gorents-Stankovich, Uaytxed, Peyn (Braun, 72), van La Parra (Kachunga, 59), Billing, Lolli (Uells, 59), Kvaner.
Manchester Siti: Bravo, Kolarov (Sanya, 78), Sabaleta, Stounz, Otamendi, Delf (de Bryuyne, 69), Navas, Fernando, Fernandino, Nolito (Sane, 69), Aguero.
Ogohlantirish: Kolarov (25).
Midlsbro – Oksford 3:2 (2:0)
Gollar: Lidbitter (26, penalti), Jyested (34), Stuani (86) – Maguayr (64), Toni Martines (65).
Midlsbro: Gyuzan, Espinosa, Fabio, Chembers, Ayyala, Dauning, Kleyton, Traore (Stuani, 72), Lidbitter, Fisher (Ramires, 72), Jyested (Negredo, 86).
Oksford: Istvud, Dankli, Nelson, Edvards, Djonson, Lyundstrem, Ledson, Xemmings (Makeleni, 67), Maguayr, Xoll, Toni Martines (Serkomb, 85).
Ogohlantirishlar: Ayyala (62), Chembers (71), Ledson (76), Negredo (90), Jonson (90).
Milluoll – Lester 1:0 (0:0)
Gol: Kammings (90).
Milluoll: Archer, Kuper, Kreyg, Uebster, Uilyams, Fergyuson (Romeo, 86), Butcher (Abdu, 75), Onedinma, Kammings, Morison, O`Brayyen (Gregori, 79).
Lester: Tsiler, Benaluan, Vage (Vasilevski, 70), Chiluell, Kapustka (Olbrayton, 64), Amarti, King, Mendi, Grey (Vardi, 73), Musa, Okadzaki.
Ogohlantirishlar: Kuper (45), Tsiler (54).
Chetlatish: Kuper (52, Milluol).