Sport | 22:36 / 18.02.2017
6053
4 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Bavariya» 96-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Borussiya»da yirik g‘alaba

Germaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan beshta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Peshqadam «Bavariya» poytaxtda mehmon bo‘ldi.

Vedad Ibishevichning golidan so‘ng «Herta» deyarli g‘alabani naqd qilib qo‘ygandi. Biroq hakam uchrashuvning asosiy vaqtiga besh daqiqa qo‘shib berdi, oltinchi daqiqada ham o‘yin tugamagandi va aynan shu pallada Robert Levandovski to‘p kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Borussiya» esa o‘z uyida «Volfsburg»ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi. YeChL yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Ayntraxt»esa o‘z uyida autsayder «Ingolshtadt»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Hoffenhaym» esa boshqa bir autsayder «Darmshtadt»ni o‘z uyida mag‘lubiyatga uchratdi. Mayntsda mehmon bo‘lgan «Verder» ham g‘alaba bilan qaytdi.

Germaniya bundesligasi, 21-tur

Herta – Bavariya 1:1 (1:0)
Gollar:
Ibishevich (21) – Levandovski (90+6).
Herta: Yarsteyn, Bruks, Langkamp, Plattenxardt, Shtark, Xaraguti (Lustenberger, 90), Shelbred, Darida, Pekarik, Kalu (Mittelshtedt, 90), Ibishevich (Essvayn, 87).
Bavariya: Noyyer, Bernat (Koman, 77), Alaba, Hummels, Lam, Kimmix (Xabi Alonso, 61), Vidal (Levandovski, 61), Alkantara, Robben, Duglas Kosta, Myuller.
Ogohlantirishlar: Hummels (64), Levandovski (66), Xabi Alonso (68), Yarsteyn (90), Pekarik (90).

Borussiya D – Volfsburg 3:0 (1:0)
Gollar:
Bruma (20, avtogol), Pishchek (48), Dembele (59).
Borussiya D: Byurki, Ginter, Shmeltser, Pishchek, Bartra, Kastro, Vaygl (Merino, 81), Shyurrle, Roys (Pulishich, 67), Obameyang, Dembele (Kagava, 73).
Volfsburg: Benalo, Xorn, Rodriges, Bruma, Viyeyrinya (Blashchikovski, 75), Zeguin (Didavi, 34), Gerxardt, Malli, Luis Gustavo, Arnold, Gomes (Ntep, 60).
Ogohlantirishlar: Vaygl (53), Bruma (89), Shyurrle (89).

Ayntraxt F – Ingolshtadt-04 0:2 (0:1)
Gollar:
Brejyeri (26), Gross (69, penalti).
Ayntraxt F: Gradetski, Abraam, Ochipka, Chendler, Valexo (Xektor, 45), Maskarel, Xasebe, Barkok (Blum, 63), Rebich, Mayyer (Tavatxa, 83), Seferovich.
Ingolshtadt-04: Xansen, Tisseran (Rojyer, 61), Brejyeri, Zuttner, Matip, Gross, Koen (Kittel, 90), Lekki, Morales, Xaderdjonay, Leskano (Xinterzeyer, 89).
Ogohlantirishlar: Maskarel (23), Rebich (35), Xektor (68), Chendler (78).
Chetlatishlar: Abraam (34) – Lekki (81).

Hoffenhaym-1899 – Darmshtadt 2:0 (0:0)
Gollar:
Kramarich (64, 90, penalti).
Hoffenhaym-1899: Baumann, Kaderjabek, Bichakchich, Zyule, Fogt, Tsuber, Demirbay (Kramarich, 50), Amiri (Polyanski, 74), Rudi, Terratsino (Salai, 65), Vagner.
Darmshtadt: Esser, Fedetskiy, Miloshevich, Xolland, Nimayyer, Rozental (Vranchich, 33), Sem, Xeller, Gondorf (Sirigu, 75), Oltinto‘p, Boyd (Cholak, 57).
Ogohlantirishlar: Demirbay (22), Bichakchich (75), Sem (76), Rudi (78), Sirigu (80), Nimayyer (86), Oltinto‘p (90).

Maynts – Verder 0:2 (0:2)
Gollar:
Gnabri (16), Dileyni (23).
Maynts: Lessl, Ramalo, Bell, Brosinski, Gbamen, O‘ztunali (De Blasis, 46), Lattsa, Samperio, Donati (Bussmann, 84), Krkich (Zaydel, 58), Kordoba.
Verder: Vidvald, Bauer, Sane, Gebre Selassiye, Moysander, Dileyni (Eggeshtayn, 54), Gnabri (Velkovich, 76), Bartels, Fritts, Yunuzovich (Garsiya, 89), Kruze.
Ogohlantirishlar: Yunuzovich (25), Donati (39), Gebre Selassiye (44), Lattsa (50), Samperio (56), Fritts (76), Vidvald (90).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid