Sport | 19:00 / 18.02.2017
9115
1 daqiqa o‘qiladi

Bundesligada tarixiy natija qayd etildi

Germaniya bundesligasining 21-turidan o‘rin olgan «Augsburg» va «Bayyer» jamoalari uchrashuvida tarixiy yubiley qayd etildi. 

Gap shundaki mazkur uchrashuvda leverkuzenliklar yarimhimoyachisi Karim Belarabiy bundesliganing barcha davrlaridagi yubiley goli — 50 minginchi golga muallif qildi. Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchrashuvning 23-daqiqasida hisobni ochib bu natijani qayd etdi.

Uchrashuv yakunda 1:3 hisobida «Bayyer» foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan keyin Rojyer Shmidt shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 30taga yetdi va jamoa 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid