Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda robot-politsiyachi xizmatini boshladi
Xitoyning Xenan viloyati temir yo‘l vokzalida yangi xodim – robot-patrul ish boshladi. U XXR vokzallarida xizmat qilishni boshlagan birinchi robot nomiga ega bo‘ldi, deb yozmoqda China News Service agentligi.
Xabarlarga ko‘ra, robot-politsiyachi Chjenchjou shahrining tezyurar poyezdlar vokzalining kutish zalida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Robot mustaqil ravishda patrullik qila oladi, yo‘lovchilarning yuzini skan qilib, shaxsini aniqlaydi. U, shuningdek, yo‘lovchilarning savollariga javob berishi, havo haroratini o‘lchab, yong‘in xavfidan ogohlantirishi mumkin.

Qayd etilishicha, bir hafta mobaynida robot sinov tariqasida ishlaydi, shundan so‘ng doimiy tartibda tungi smenada faoliyat ko‘rsatadi.
2016 yil sentabr oyida Xitoyning Shenchjen aeroportining 3-terminalida AnBot patrul roboti ish boshlagan edi. Uning balandligi 1,49 metrni tashkil etadi, vazni 78 kilogrammdir. Robot soatiga 18 km tezlikda harakatlana oladi. Mashina 4ta yuqori o‘lchamli kamera bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lovchilarning yuzini aniqlay oladi. Ularning yuz suratlari aeroport xavfsizlik xizmatlariga yuborilishi mumkin.


Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025