Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaliklar Tramp tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” tashkil etishdi
AQSh bilan chegarada joylashgan Syudad-Xuares shahrida juma kuni minglab meksikaliklar “jonli devor”ni tashkil etishdi. Bu prezident Donald Trampning chegarada devor qurish borasidagi rejalariga qarshi norozilik sifatida amalga oshdi.
Aktsiyada taniqli siyosatchilar, xususan Demokratik inqilob partiyasi asoschisi va mamlakat prezidentligiga uch karra nomzod Kuautemok Kardenas ham ishtirok etdi. Excelsior’ning ta'kidlashicha, norozilik namoyishiga chegara oldidagi Chiuaua shtati gubernatori Xaver Korral, Syudad-Xuares hokimi Armando Kabada va Amerikaning El-Paso shahri hokimi Oskar Lizerlar ham kelgan.
Namoyishchilar qo‘lida atirgul bo‘lgan, ular gullarni qo‘shni mamlakat aholisiga qarab silkitishgan. “Biz devorga do‘stlik devori bilan qarshi chiqamiz, turli ovozlar bitta joyga yig‘ilsa, yagona tovush paydo bo‘ladi, turli qo‘llar bir-biri bilan bog‘lansa, bu biz birgalikda ekanimizdan darak beradi”, - deya ma'lum qildi Chiuaua gubernatori Korral.
AQSh va Meksika munosabatlari Tramp hokimiyat tepasiga kelgach jiddiy ravishda keskinlashdi. U prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng Meksika bilan chegarada devor qurish haqida ko‘rsatma berdi. Tramp Mexiko bu qurilishning barcha sarf-xarajatlarini qoplashi kerak, deb hisoblamoqda, ammo Meksika prezidenti buni keskin rad etdi.




Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025