Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti: «yaxshi» va «yomon» terrorchilar haqidagi munozaralar mag‘lubiyatga olib boradi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining ma'lum qilishicha, terrorchilarni «yaxshi» va «yomon»ga ajratib, shu xususda muhokamalar o‘tkazish mag‘lubiyatga yetaklaydi.
«Biz ularni «yaxshi» va «yomon» terrorchilarga ajratib o‘tirsak, mag‘lub bo‘lishimiz mumkin», — deya yozgan Ashraf G‘ani tvitterdagi sahifasida.
«Terrorizm bizning davrning eng asosiy muammosiga aylandi va oldimizga katta vazifalar qo‘yilmoqda. Bu vazifalar avloddan-avlodga o‘tib boradi.
Biz "tartib" degan so‘z yo‘qolib borayotgan davrda yashamoqdamiz.
20ta terrorchilik guruhlariga qarshi kurash jabhasida (AQSh va BMT shuncha guruhni terrorchilik guruhlari ro‘yxatiga kiritgan) biz frontning markaziy nuqtasida turibmiz.
Biz o‘z ozodligimiz va dunyo xavfsizligini ta'minlash uchun kurash olib bormoqdamiz», degan u.
Mavzuga oid
18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi
17:45 / 08.01.2025
O‘zbekistonda taqiqlangan diniy manbalar va materiallar ro‘yxati e’lon qilindi
19:34 / 27.11.2024