Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada baliqlarning ko‘payishi millionlab pingvinlarni jalb qildi
Argentinaning Punta Tombo yarimoroli sohillariga millionlab magellan pingvinlari suzib keldi, ularni bu yerga baliq uvuldiriqlaridan endi chiqqan mayda baliqlar jalb qildi. Bu haqda AR axborot agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy aholining aytishicha, bunday ko‘p sondagi pingvinlar oxirgi bir necha yil ichida magellan pingvinlari koloniyasi uchun rekord ko‘rsatkichdir. Sohil yaqinidagi mayda orolchalar sardina va anchous baliq turlari uvuldiriq sochib, ko‘payishi uchun juda mos keladi va aynan shu holat bunday ko‘p sondagi pingvinlarni jalb qilgan.

Odatda pingvinlar Argentina va Chilining bu sohillariga sentabr-oktabr oylari kelib, bu yerda o‘z naslini voyaga yetkazmaguncha qoladi. Martdan sentabrgacha ular shimolga, Braziliyaning janubigacha migratsiya qiladilar.
Magellan pingvinining bo‘yi 50 sm ga yaqinni tashkil qiladi.


Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
20:13 / 02.05.2025