Sport | 02:19 / 19.02.2017
20155
2 daqiqa o‘qiladi

Biatlon, JCh-2017. Rossiya madhiyasini adashtirib yuborgan tashkilotchilarga rus sharhlovchisi kutilmagan javob qaytardi

Avstriyaning Hoxfiltsen shaharchasida davom etayotgan biatlon bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi estafeta musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimida kutilmagan tomosha yuzaga keldi.

Gap shundaki, poygada g‘alaba qozongan Rossiya terma jamoasi shohsupaga chiqib medallarni qo‘lga kiritgach, g‘olib mamlakat sharafiga madhiya yangrashi kerak edi. Biroq avstriyalik tashkilotchilar Rossiya madhiyasini adashtirib yuborishdi. Shunda shohsupa yaqiniga chiqib kelgan Match TV sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev mikrofonni qo‘lga olgan holda sportchilarni madhiyani jonli aytishga chorladi. G‘oliblar (Aleksey Volkov, Maksim Tsvetkov, Anton Babikov, Anton Shipulin) madhiyani jo‘r bo‘lib ijro etishdi. Guberniyev esa ularga o‘ziga xos dirijyorlik vazifasini o‘tab berdi. 

Eslatib o‘tamiz, estafetada, Rossiya terma jamoasi marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa,Fransiya ikkinchi, Avstriya terma jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ertaga jahon chempionatining so‘nggi kunida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi mass-start bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda eng yaxshi 30 nafardan ayol va erkak biatlonchilar oltin medal uchun kurash olib borishadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid