Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT maxsus elchisi: Men Suriyada AQShning strategiyasi nimadan iborat ekanini tushunmayman
BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriyadagi inqiroz Afg‘oniston va Iroqdagi urushlardan farq qilishini aytib o‘tdi. U bu farqni AQShning Suriyani barqarorlashtirish bo‘yicha strategiyasi nimadan iborat ekani haqida tushunchaga ega emasligini bilan izohlagan.
U amerikaliklarning Suriyadagi harakatlari tinchlikka olib kelmayotganini ta'kidlagan.
«Menga hozir yetishmayotgan bir narsa bor, — bu amerikaliklar strategiyasini qanaqaligini bilib, boshqa davlatlar strategiyasi bilan solishtirish orqali balansni aniqlash», — degan de Mistura Myunxen konferensiyasidagi chiqishida.
U shuningdek, Iroq va Afg‘onistondagi urushlar ham «yetarlicha og‘ir oqibatlarga ega ekani»ni qayd etgan.
«Bu hududlarda ham vaziyat og‘ir, ammo Suriyadagi kabi emas», — deydi de Mistura.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025