Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni: Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin?
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubeyr ma'lum qildiki, Eron o‘z harakatlari va prinsiplarini o‘zgartirishi kerak.
«Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin? Eron o‘z harakatlari va prinsiplarini o‘zgartirmas ekan, bunday davlat bilan ishlashimiz juda qiyin bo‘ladi», — deya vazirning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Myunxen konferensiyasidagi chiqishi vaqtida u Eron — Yaqin Sharq hududida IShIDning ham, «Al-Qoida»ning ham hujumiga uchramay kelayotgan davlat ekaniga e'tibor qaratgan.
Vazir rasmiy Tehronni Suriya prezidenti Bashar Asadni va Yamandagi husiychilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat Eronning harakatlarini to‘xtatish choralarini ko‘rmog‘i lozim.
Bundan oldinroq Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida Eronning yadroviy dasturi tinchlikparvarlikka asoslanganini ta'kidlagani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025