Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyada AQSh qo‘shinlarini joylashtirishni taklif qildi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Turkiyaning Suriyada AQShning maxsus vazifalarni bajaruvchi quruqlikdagi qo‘shinlarini joylashtirish taklifi haqida gapirib berdi. Bu chora Suriyadagi o‘rtamiyona muxolifat kuchlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Chovusho‘g‘lu bu haqda Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida aytib o‘tgan.
"Ikki kun avval Turkiyaga AQSh qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general Jozef Danford tashrif buyurdi. Biz AQSh tomoniga Suriyaga mahalliy o‘rtamiyona kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus vazifalarni bajaruvchi qo‘shinlar kontingentini yuborishni taklif qildik", deb aytmoqda Chovusho‘g‘lu.
"Raqqaga bizning koalitsiya bo‘yicha ittifoqdoshlarimiz, AQSh bilan borish mumkin. Biz ular uchun Injirlik aviabazamizni ochganmiz", deb qo‘shimcha qildi Turkiya vakili.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025