Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Messi oxirgi daqiqada penaltidan urgan gol evaziga autsayderni mag‘lub etdi
«Barselona» Ispaniya primerasining 23-turi doirasida «Leganes» ustidan g‘alaba qozondi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida kechgan bellashuv 2:1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning to‘rtinchi daqiqasida Lionel Messi Luis Suaresning uzatmasini golga aylantirdi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Unai Lopes «Barselona» himoyasidagi pala-partishliklardan so‘ng darvozabonni dog‘da qoldirib, hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuv yakunida esa «Leganes» jarima maydonchasida Neymarga nisbatan qo‘pollik ishlatildi hamda Messi belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi - 2:1.
«Barselona» endilikda 51 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining ikkinchi o‘rinini egallab turibdi va «Real»dan bir ochkoga ortda bormoqda. Shu bilan bir qatorda, madridliklar ikki o‘yin kam o‘tkazishgan. «Leganes» esa 18 ochkosi bilan 17 pog‘onada joylashgan.
Ispaniya La ligasi, 23-tur
Barselona – Leganes 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 4 Messi, 1:1 – 71 Lopes, 2:1 – 90, penalti Messi.
Barselona – ter Shtegen, Mate, Umtiti, Din (Alba, 81), Serdji Roberto, Rakitich, Andre Gomesh (Inesta, 80), Rafinya (Denis Suares, 80), Neymar, Messi, Suares.
Leganes – Yago Errerin, Mantovani, Riko, Tito, Siovas (Insua, 87), Pires, Moran (Lopes, 65), Shimanovski (Machis, 70), Adames, El-Jar, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Suares (46), Mantovani (55), Siovas (87), Adames (90).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025