Sport | 11:28 / 21.02.2017
10897
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola kimni eng yaxshi murabbiy deb hisoblashini ma'lum qildi

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Marselo Belsa «Lill» jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Fransiya klubi argentinalik mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma haqida kelishib oldi hamda kelishuv 2017 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi.

«Men Marselo Belsaga qoyil qolaman, sababi u o‘yinchilarni yanada yaxshiroq qila oladi. Men Belsada o‘ynab, so‘ng u haqida yomon nimadir aytgan bironta yigitni uchratmaganman. Ular unga har doim rahmat deyishgan. 

U menga maslahatlar bilan yordam bergan. Har doim u bilan suhbatlashsam, yordam berishga tayyor ekanini his etaman. U faoliyati davomida qancha sovrinlarni yutib olgani ahamiyatsiz. Murabbiylar haqida ko‘pincha yutib olingan sovrinlar sonidan kelib chiqib fikr yuritishadi, biroq Belsa futbolga va ko‘plab o‘yinchilarga juda ham katta ta'sir ko‘rsatgan mutaxassis. Aynan shu sababdan u men uchun dunyodagi eng yaxshi murabbiy», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Mavzuga oid