Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yildirim: AQShning Suriyadagi harakatlari hamkorlik ruhiga mos kelishi kerak
Turkiya Qurolli kuchlarining Raqqa shahrida o‘tkazadigan ehtimoliy aksilterror amaliyotiga yondashuvi Al Bob shahridagi kabi bo‘ladi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Myunxen xavfsizlik koferentsiyasi doirasida jurnalistlar bilan o‘tkazgan muloqotida bayonot berdi.
«Suriya shimolida Turkiya armiyasi qismlari bor. Ular Suriya ozodlik armiyasi bo‘linmalariga ko‘mak bermoqda. Ayni usul Raqqadagi IShIDga qarshi ham qo‘llanilishi mumkin», - deb qayd etgan bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Al Bobni IShID jangarilaridan to‘liq ozod qilganidan keyin ham «Frot qalqoni» amaliyotini davom ettirish niyatida.
«Buning uchun biror terrorchi guruhga nisbatan boshqa terrorchi guruh bilan hamkorlik qilishga chek qo‘yish talab etiladi. O‘ylaymizki, Vashington Anqaraning bu qarashini tahlil qilib chiqadi», - degan Turkiya bosh vaziri.
Yildirimning aytishicha, Turkiya nafaqat IShID, balki Kurdiston ishchi partiyasi va ushbu tashkilotning Suriyadagi shoxobchalari bo‘lgan PYD va YPG tuzilmalari bilan ham kurashni davom ettiradi.
Turkiya hukumati rahbarining uqdirishicha, terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashish maqsadida boshqa bir terrorchilik tashkilotini jalb qilishni yoqlab bo‘lmaydi va Anqaraning bu yondashuvi Vashington rasmiylariga yetkazilgan.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, AQShning Suriyadagi harakatlari NATO doirasidagi hamkorlik ruhiga javob beradi. «O‘ylaymanki, Vashington ma'muriyati Turkiya kayfiyatini e'tiborga oladi», - degan Binali Yildirim.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025