Jahon | 18:46 / 21.02.2017
6705
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Churkin o‘limidan keyin Jasorat ordeni bilan taqdirlandi

Foto: AP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkinni o‘limidan keyin Jasorat ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi.    

"Rossiya Federatsiyasining Nyu-Yorkda BMTning doimiy vakili lavozimida ko‘rsatgan fidokorligi, matonati va yuqori professionalligi uchun Churkin Vitaliy Ivanovich (o‘limidan keyin) Jasorat ordeni bilan taqdirlansin", deyilgan Putin farmonida. 

Avvalroq Putin Churkininng yuqori professionalligi va diplomatik iste'dodini yuqori baholab o‘tgandi. Putin marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamda Rossiya tashqi ishlar vazirligi jamoasiga o‘z hamdardligini bildirdi.

Vitaliy Churkin 1952 yil 21 fevralda Moskvada aviatsiya muhandisi oilasida dunyoga kelgan. 2006 yil 8 apreldan Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili lavozimini egallab kelgandi hamda Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashida bildirgan. Diplomat 20 fevralda Nyu-Yorkdagi ish joyida vafot etdi. Bugun, 21 fevralda u 65 yoshini qarshilagan bo‘lardi. 

Mavzuga oid