Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
47 soniyada 124 ta kokosni qo‘l bilan yorish mumkinligiga ishonasizmi? Ishonmasangiz, ko‘ring!
Hindistonlik 25 yoshli mexanik Abish Dominik taxminan 47 soniyada 124 ta kokosni qo‘li bilan "paqqos" yorib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Rekordchi hammasi bo‘lib 145 ta kokosga zarba bergan, biroq ulardan faqatgina yorilganlari inobatga olingan. Bu boradagi avvalgi rekordni germaniyalik o‘rnatgandi, u bir daqiqa ichida 118 ta kokosni yorib tashlagandi.
Daily Mail nashrining ta'kidlashicha, Dominik bungacha qo‘llari bilan xokkey klyushkalari va himoya shlemlarini parchalay olishi, maktab avtobusiga bog‘langan arqonni tishlari bilan torta olishi kabi "iste'dodlari" tufayli nomi uch marta Ginness rekordlar kitobidan joy olgan. Dominik kokoslarni yorishi videosini Ginness rekordlar kitobiga jo‘natdi va uning sahifalaridan 4-marotaba joy olishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025