Jahon | 00:37 / 22.02.2017
2924
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston bosh vaziri Turkiyaga tashrif buyuradi

22 fevralda Pokiston bosh vaziri  Navoz Sharifning Turkiyaga rasmiy tashrifi boshlanadi. Tashrif 24 fevralgacha davom etadi. 

Sharif Turkiyaga mamlakat bosh vaziri Binali Yildirimning taklifi bilan Turkiya-Pokiston oliy darajadagi strategik hamkorligi kengashining 5-yig‘ilishida ishtirok etgani keladi.

Yig‘ilish vaqtida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid