Jahon | 20:28 / 22.02.2017
9390
1 daqiqa o‘qiladi

Putin G20 sammitida ishtirok etadi

Foto: © EPA/DIMITAR DILKOFF POOL

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin Gamburgda iyulda o‘tadigan   G20 – "Katta yigirmatalik" sammitida ishtirok etishini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

"Bizning "yigirmatalik" sammitidagi ishtirokimiz prezident darajasida o‘tishi ko‘zda tutilgan", deb aytgan Ushakov.

Sammit 7-8 iyul kunlariga rejalashtirilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk uchrashuvlari ko‘rinishicha yozda o‘tadigan G20 sammitida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid