O‘zbekiston | 21:43 / 23.02.2017
28996
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatining ikkita tumaniga yangi hokim tayinlandi

2017 yil 22 fevral kuni Andijon viloyati hokimining qarori bilan Ulug‘nor va Bo‘z tumani hokimlari o‘zgartirildi. Bu haqda viloyat hokimligidagi manba Kun.uz'ga xabar bermoqda.

Hokim qaroriga ko‘ra, Yusupov Asilbek Akramovich Ulug‘nor, Mamirov Abdurashid Rayimjonovich esa Bo‘z tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Yusupov bu lavozimga Sulaymonov Abdug‘ofir Madaminovichning o‘rniga kelgan. Lavozimga tayinlanishdan oldin Asilbek Akramovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departament direktori lavozimida ishlagan. 

Bo‘z tumani hokimi sifatida shu kungacha Adilboyev Doniyorbek Nabijonovich faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Mamirov Abdurashid bu lavozimga tayinlanishdan oldin Andijon viloyati hokimligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mamirov Abdurashid

 

Yusupov Asilbek

Mavzuga oid