Jahon | 11:52 / 23.02.2017
10080
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Moskvaga qarshi: Tokiodagilar Kurilda rossiyalik harbiylar soni o‘sishiga norozilik bildirdi

Yaponiya Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Rossiya Mudofaa vazirligining 2017 yilda Kuril orollariga diviziya joylashtirish bo‘yicha qaroriga norozilik bayon qildi. Bu haqda TASS xabar tarqatdi.

«Biz Rossiyaning shimoldagi 4 orolda olib borayotgan harakatlarini sinchiklab kuzatmoqdamiz. Hozir biz bu hududga diviziya joylashtirilishi haqida qo‘shimcha ma'lumotlar to‘plamoqdamiz. 22 va 23 fevral kunlari diplomatik kanallar orqali bu borada protest yuboramiz», — degan u.

Suga o‘z navbatida Kuril masalasida Moskva va Tokio kelishib olishi uchun muzokaralar davom ettirilishi tarafdori ekanini ayon qilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva tomoni Kuril bo‘yicha ziddiyat bo‘lsada, Tokio bilan aloqalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.

O‘tgan haftada Yaponiya beshta Kuril oroliga nom berilishi munosabati bilan Rossiyaga norozilik bildirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid