Jamiyat | 08:52 / 23.02.2017
8870
2 daqiqa o‘qiladi

Frantsuz rassomi bir haftaga beton bloklar orasiga muhrlab qo‘yildi

Foto: twitter/@TelegraphNews

G‘ayriodatiy fe'l-atvori bilan ajralib turadigan fransuz rassomi Abraam Puensheval yangi ijod mahsulini taqdim qildi: u bir haftaga ikkita tosh blok orasiga muhrlab qo‘yildi, deb xabar bermoqda Euronews telekanali. 

Parijdagi Tokio saroyiga tashrif buyuruvchilar Puenshevalning toshlar orasidagi hayotini infraqizil kamera yordamida kuzata oladilar.

Rassom suv va yegulik bilan ta'minlangan va unga favqulodda vaziyat uchun telefon berilgan. Puensheval soatlardan voz kechdi – uning aytishicha, u inson yashaydigan vaqtni emas, balki geologik vaqtni his qilmoqchi.

Rassom bir necha yil avval Marselda san'at galereyasi yerto‘lasida kavlangan va ustidan bir tonnalik tosh bostirib qo‘yilgan o‘rada bir hafta yashagandi. Ikki yildan keyin esa u ikki haftani ayiq tulumi ichida o‘tkazishga qaror qilgan.

O‘tgan yili 20 metr balandlikda joylashtirilgan platforma g‘ayrioddiy rassom uchun bir necha kunga "qadrdon uy"ga aylangandi.