G‘oyibdan uchib kelgan g‘ildirak piyoda "qotiliga" aylanishiga bir baxya qoldi (video)
Braziliyalik erkak to‘satdan katta tezlikda u tomon uchib kelgan mashina g‘ildiragi zarbasidan og‘ir jarohat oldi, deb xabar bermoqda Yahoo! News portali. Ushbu holat tasvirlangan video internetda tarqaldi.
Videoda Ipatinga shahrida yashovchi Roberto Karlos Fernandes ismli erkak piyodalar yo‘lkasi bo‘ylab rafiqasi bilan ketayotganda ularning ortidan katta tezlikda g‘ildirak dumalab kelayotganini ko‘rish mumkin. Erkak u tomon g‘ildirak dumalab kelayotganini hattoki anglolmay qolgan va boshining orqasidan qattiq zarba yegan.
Aniqlanishicha, g‘ildirak biroz nariroqda shatakka olinayotgan mashinadan chiqib ketgan. Mashinaning g‘ildiragi yorilib, otilib chiqib ketgan. Erkak baxtli tasodifgina omon qolgan, biroq og‘ir miya jarohati olgan. Ayni vaqtda u shifoxonada va shifokorlar uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti, deb hisoblamoqdalar.

Mavzuga oid

22:57 / 26.03.2025
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi

11:51 / 26.03.2025
Argentina Braziliyaga 4 ta gol urdi. Messi va jamoa titulni himoya qiladi

22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi

23:15 / 12.03.2025