Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyaning eng badavlat 4 kishisi 100 million aholidan ko‘proq mablag‘ga ega ekanligi ma'lum bo‘ldi
Indoneziyaning tengsizlik haqidagi hisobotida qayd etilishicha, uning eng badavlat to‘rt kishisi mamlakatdagi eng nochor 100 million aholidan ko‘proq mablag‘ga ega. Bu haqida DailySabah'da xabar berildi.
Payshanba kuni chop etilgan ma'ruzaga ko‘ra, 250 milliondan ortiq aholiga ega Indoneziya dunyodagi eng adolatsiz tengsizlik ko‘rsatkichlari qayd etilgan mamlakatlar orasida oltinchi pog‘onani egallaydi. Osiyoda faqat Tailandning tengsizlik ko‘rsatkichlari yomonroq.
Hisobotda mamlakatdagi bunday vaziyatda "bozor fundamentalizmi" ayblangan.
Manbada ta'kidlanishicha, hukumat boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut masalasini hal qilmas ekan, ijtimoiy beqarorlik oshib boraveradi.
Prezident Joko "Jokoshi" Vidodoning so‘zlariga ko‘ra, tengsizlikni qisqartirish uning hukumati oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025