Jahon | 08:47 / 23.02.2017
4966
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbul prokuraturasi 24 nafar fitnachiga umrbod ozodlikdan mahrum etish muddati talab qilmoqda

Foto:EPA

Istanbul bosh prokuraturasi 22 fevralda 2016 yil 15 iyulda Turkiyada sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinishning 24 nafar asosiy ishtirokchisi bo‘yicha ayblov xulosasini tayyorladi. Habertürk telekanalining ma'lum qilishicha, ayblov sudlanuvchilar uchun umumiy holda 959 ta umrbod ozodlikdan mahrum etish muddati talab qilmoqda.

Bu ish bo‘yicha birinchi raqamli ayblanuvchi turk muholifi Fathulla Gulen hisoblanadi. Anqarada u va uning FeTO tashkiloti a'zolari to‘ntaruv ishi bo‘yicha bosh aybdorlar sifatida qaralmoqdalar. Bu ayblanuvchilar orasida Turkiya qurolli kuchlarining 6 nafar generali va zobiti bor. Bunday ko‘p miqdordagi umrbod ozodlikdan mahrum etish muddati so‘ralishi ayblanuvchilar Turkiya jinoyat kodeksida umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolanadigan bir qator jinoyatlarni sodir etganlari bilan bog‘liq.   

Xususan, gap parlament ishiga to‘sqinlik qilishga, hukumatni va konstitutsion tuzumni ag‘darishga urinish, qasddan sodir etilgan qotilliklar, odamlarni o‘g‘irlash va noqonuniy ozodlikdan mahrum etish, davlat mulkini egallab olish, terrorchilik va boshqa bir qator jinoyatlar haqida ketmoqda. Prokuratura Gulen va yana 10 ayblanuvchiga 92 ta umrbod ozodlikdan mahrum qilish va 56 yildan 174 yilgacha qamoq muddati talab qilmoqda. Yana 3 nafar ayblanuvchiga 47 ta umrbod ozodlikdan mahrum qilish muddati so‘ralmoqda. Qolgan ayblanuvchilar 7,5 yildan 17 tagacha umrbod ozodlikdan mahrum qilish muddatiga qamoqqa jo‘natilishlari mumkin.

Ayblov xulosasi sudga ko‘rib chiqish uchun berildi. Sudda qaror qabul qilish uchun 15 kun vaqt bor.

Mavzuga oid