Jahon | 18:55 / 23.02.2017
5084
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 3500dan ortiq suriyalik bola emlandi

Mazkur haftada Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash ijtimoiy tashkiloti fuqarolik urushidan qochib, Turkiyaning janubida qo‘nim topgan suriyalik oilalarning bolalariga minglab vaksinalarni taklif qildi. Bu haqida DailySabah xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, o‘tgan hafta boshlangan kampaniya davomida 3604 nafar suriyalik bola emlangan. 

Shifokorlar Hatay provinsiyasidagi tibbiyot markazlarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hamda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qizamiq, qizilcha, epidemik parotit va gepatit B'ga qarshi emlashgan. 

Tashkilotlar vaksinatsiya kampaniyasi doirasida mazkur dasturlar bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida arab tilidagi risolalarni tarqatishmoqda. 

Tibbiyot markazlariga qo‘shimcha ravishda Reyhanli va Hassa ko‘chalarida ham tibbiy jamoalar ishga tushirilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid