Jamiyat | 22:26 / 23.02.2017
3504
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining virtual qabulxonasi ish boshladi

 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash sohasiga axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur virtual qabulxona jismoniy va yuridik shaxslarning ijtimoiy-mehnat sohasidagi ariza, shikoyat yoki takliflarini qabul qilish tartibini yanada soddalashtirish imkonini beradi.

Qayd etish joizki, o‘tgan 2016 yil davomida kasaba uyushmalari tomonidan jami 7805 ta (shundan 579 ta elektron murojaat) ko‘rib chiqilib, 1688 nafar xodimning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi, fuqarolarning foydasiga ish beruvchilar tomonidan yetkazilgan 1 mlrd. 499 mln. 810 ming so‘m miqdoridagi zarar undirilishi ta'minlandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining virtual qabulxonasiga ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar va mehnat sohasidagi huquqlar himoyasiga oid masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid