Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi ilk mobil protsessorini taqdim etadi
Xiaomi kompaniyasi MWC 2017 ko‘rgazmasida kristalldagi (SoC) birdaniga ikkita tizimni ko‘rsatadi: Pinecone V970 hamda hamyonbop Pinecone V670. Ularning o‘ziga xos jihatlari haqida ba'zi ma'lumotlar ham bor.
Xiaomi birinchilardan bo‘lib 10 nanometrli texnik jarayon bo‘yicha yaratilgan protsessorni taqdim etadi. Ayni damda faqatgina Qualcomm shunga o‘xshash chipni ko‘rsatgan - Snapdragon 835. Pinecone V970 ko‘p ehtimol bilan 2017 yilning yangi protsessorlari bilan raqobatchi bo‘lishi mumkin.
Pinecone V970’ning o‘ziga xos jihatlari:
• Texjarayon: 10 nanometr;
• Protsessor: 8 yadro: Cortex-A73 4 yadro + Cortex-A53 4 yadro;
• Grafika: 12 yadroli Mali-G71.
Hamyonbop nusxa
Pinecone V670 chipi o‘rta va past narxdagi smartfonlarda ishlatiladi. U Snapdragon 430 va MediaTek MT6738T protsessorlari bilan raqobat qilishi mumkin.
Pinecone V670’ning o‘ziga xos jihatlari:
• Texjarayon: 28 nanometr;
• Protsessor: 8 yadroli Cortex-A53;
• Grafika: 2 yadroli Mali-T860.
Mavzuga oid
16:47 / 19.03.2025
Xiaomi jahon bozorida fotosurat san’atini yangi cho‘qqiga olib chiquvchi Xiaomi 15 seriyasini taqdim etmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:55 / 28.03.2024