Dinozavrlar davrida yashagan ulkan pingvin suyaklari topildi
Germaniyaning Zenkenberg instituti mutaxassislari Yangi Zelandiyada qadimiy ulkan pingvinning suyaklarini topishdi. Ularning fikricha, bu jonivor va uning ajdodi Yerda dinozavrlar davrida yashagan. Bu haqida VistaNews saytida xabar berildi.
Yangi Zelandiyadagi orollardan birida pingvinga o‘xshash ulkan jonivorning qoldiqlari topilgan. Uning bo‘yi taxminan 1,5 metrni tashkil qilgan. Suyak qoldiqlari orasida uchmaydigan qushning panja qismlari topilgan.
Tadqiqotchilar topilmani batafsil o‘rganib, uning yoshini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, u taxminan 61 million yil avval, ya'ni dinozavrlar davrida yashagan. Bu topilma qushlar va uchmaydigan jonivorlar evolyutsiyasini qayta ko‘rib chiqish imkonini berdi.
Mavzuga oid
23:51 / 26.11.2024
Yangi Zelandiyada sohilga chiqib qolgan 30 dan ortiq qora delfin qutqarildi
00:15 / 23.11.2024
Yangi Zelandiyada ko‘kyo‘tal epidemiyasi e’lon qilindi
16:53 / 20.11.2024
Yangi Zelandiyada 40 ming maori o‘z huquqlari uchun namoyishga chiqdi
14:26 / 16.11.2024