Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni ma'lum
23 fevral kunining ikkinchi yarmida, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi «Farg‘onaazot» korxonasining ammiak sexida ro‘y bergan portlash bo‘yicha navbatdagi xabarlar berildi.
«Kun.uz» Farg‘ona viloyatidagi manbalar orqali olgan xabarlarga ko‘ra, bu portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va 12 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda qolmoqda. Ayni vaqtda tibbiy yordam olgan 11 kishiga uyiga ketish uchun javob berilgan.
Ularning barchasi ammiak sexida montaj-ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar bo‘lgan. Qurbonlarning 3 nafari Farg‘ona shahrida yashagan, yana 3 nafari Toshloq tumanidan bo‘lgan.
Bugun marhumlarning dafn marosimi o‘tkazilgan, jabrlanuvchilarning yaqinlariga tegishli yordamlar yetkazilgan.
Ayni vaqtda bu borada rasmiy ma'lumot berilmadi. Hodisa ro‘y bergan kuni FVV o‘z saytida bu haqda bir jumla xabar berish bilan cheklandi.
Hodisa sabablarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi ish olib bormoqda, zavod faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025